"Mening ovozim " loyihasi sizni faol fuqaro bo'lishga taklif qiladi!

+ 3 ballshahardagi yangilikni baholash uchun

Mening ovozim – shahrimizning har bir ma`suliyatli aholining  shahar muhitini rivojlantirish va o`zgartirishiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatidir

Qarorlar qabul qilish va shaharni yaxshilashga men qanday ta'sir qilishim mumkin?

"Mening Ovozim" maydoni Toshkent shahri aholisi bilan bevosita aloqani o'z ichiga oladi, fuqarolar uchun eng dolzarb masalalar bo'yicha tadqiqotlar olib boradi.

Bundan tashqari, shaharliklar shahardagi o'zgarishlar uchun ovoz berib, o'zlarining fikirlarini bildirishlari mumkin.

"Mening Ovozim" portali ovoz berish va so'rovlar natijalarining aniqligi va samaradorligini ta'minlaydi! O`tkazilayotgan so`rovlarning javoblari, ularni o`tkazilib bo`lganidan keyinoq ma`lum bo`ladi. Elektron formatidagi so`rovlar minglab shahrimiz aholisini qamrab oladi va muhim masalalar bo`yicha qaror qabul qilishni tezlashtiradi. Yuqoridagi sanab o`tilganlardan tashqari shahrimiz aholisini ajoyib sovg`alar kutadi. Bu sovg`alar shahrimizning aholisi shahrimiz hayotiga beparvo emasligidan mamnunligimizni anglatadi. So`rovda ishtirok uchun har bir foydalanuvchi ballar bilan rag`batlantiriladi. Bu ballarni ular Rag`batlantirish Do`konida foydali va esdalik sovg`alarga almashtirishlari mumkin. Rag`batlantirish Do`konida ballarni turli hil shahar tadbirlar taklifnomalariga almashtirishlari ham mumkin.

Portal bilan qanday foydalanish kerak?

Portalning barcha funktsiyalaridan foydalanish uchun shaharliklar  SMS-xabarni olish uchun mobil telefon raqamini kiritish orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak. So'ngra ularning yashash joyi, fuqarolik holati va ta'lim to'g'risidagi eng to'liq ma'lumotni kiritishlari lozim. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib foydalanuvchilarga turli xil ovoz berish va so'rovlar yuboriladi.

"Mening Ovozim" portali Shahardagi Yangiliklar  nomli bo'limni o'z ichiga oladi, unda shaharda amalga oshirilayotgan ishlar va shahar ma'muriyati tomonidan tashkillashtirilgan infratuzilmalarda qanday o'zgarishlar bo`layotgani kuzatiladi. Foydalanuvchi  ma'lum o'zgarishlarni baholay oladi, shaharda o'zgarishlar haqida o'z fikrini bildira olaydi. Bunday faoliyat ham ballar bilan rag'batlantiriladi.

Fuqarolar shahar tadbirlarida faol ishtirok etishlari mumkin. Tadbirlar  haqidagi ma'lumotni Afisha bo'limida bilsangiz mumkin. Ushbu bo'limda shaharning rejalashtirilayotgan tadbirlar - ko'rgazmalar, konsertlar, premyeralar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Foydalanuvchilarga tadbirlarlardan qisqa rasmlar va videolar taqdim etiladi.