G`alaba bog`i

+ 3 ballshahardagi yangilikni baholash uchun

   9 may kuni poytaxtning Olmazor tumanida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan G'alabaning 75-yilligiga bag'ishlangan G'alaba bog'i ochildi. Ushbu bog'da Ikkinchi Jahon urushida g'alabani ta`minlashga katta hissa qo'shgan xalqimizning jasorati ko`rsatilgan.

   Bog'da muzey, temir yo'l vokzali, kutubxonalar, xandaqlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari joylashgan. Shuningdek, parkda harbiy texnika va qurollarning ko'rgazmasi mavjud.

 

   G`alaba bog`ida joylashgan Shon-sharaf Muzeyi Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaga katta hissasini qo`shgan xalqimizning jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan. Muzey 6 qismdan iborat bo'lib, unda jang maydonlari installyatsiyalari joylashgan, shuningdek, bu yerda urush yillariga oid tarixiy hujjatlar va fotosuratlar to'plangan.

    Yangi bog` haqida batafsil - reportajda.