Muzzday 2019: o'tkazilgan birinchi muzqaymoq festivali haqida

+ 3 ballshahardagi yangilikni baholash uchun

2-4 avgust kunlari Toshkent shahrida birinchi marotaba muzqaymoq, salqin ichimliklar va shirinliklar festivali bo`lib o`tdi. Festival Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etildi. Poytaxtning minglab aholisi muzqaymoq va salqin ichimliklardan bahramand bo'lish uchun Brodveyga kelishdi. Festival o'tkazilgan ko'cha bir nechta hududlarga bo'lingan: dam olish maskanlari, shirinliklar, salqin ichimliklar, diskotekalar, muzqaymoq va o'yin maydonchalari. Har bir hudud maxsus bezatilib o'ziga xos atmosfera bilan ajralib turdi.

Bundan tashqari, poytaxt aholisi va mehmonlari qiziqarli dastur bilan hayratda qolishdi - festival mehmonlarini didjeylar va taniqli san'atkorlar ko`tarinki ruxda kutib olishdi. Festival mehmonlari musobaqalarda xursandchilik bilan ishtirok etdilar va quvnoq dam olishdi.

Sovun pufakchalari, sharlar, maxsus bezaklar va kostyumlar bilan bezatilgan animatorlar umumiy atmosferaga o'ziga xos tantanalarni qo'shdi.


Shuningdek, festival dasturi doirasida shahar ma'muriyati  tomonidan "Mening ovozim" loyihasi taqdim etildi. Ushbu loyiha Toshkent shahri aholisi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilishga qaratilgan. Poytaxt aholisi shahardagi eng muhim o'zgarishlar to'g'risida o'z fikrlarini "Mening ovozim" saytida joylashgan so'rovlarda ishtirok etish orqali bildirishlari mumkin. So`rovda ishtirok uchun har bir foydalanuvchi ballar bilan rag`batlantiriladi.

Festival davomida "Mening ovozim" portalida ro'yxatdan o'tish imkoniyati yaratildi. Festival davomida portalda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarni rag`batlantirish uchun "Mening ovozim" logotipi tushirilgan futbolka va kepkqlaralar sovg`a qilindi.

Festival juda chiroyli va qiziqarli bo'lib, poytaxt aholisi va mehmonlari xotirasida yorqin va unutilmas taassurot qoldirdi.