Toshkent shahar hokimligidan yana bir tanlov!

+ 3 ballshahardagi yangilikni baholash uchun

O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to`lishi munosabati bilan shahar hokimligi insholar tanlovi e`lon qiladi. Unga ko`ra, ishtirokchilar “Shoshdan Toshkentgacha”, “Toshkent: Kecha va bugun”, “Toshkentning qadimgi bozorlari”, “Toshkent taomlarining o`zgacha lazzati” mavzularidan biri tanlab, shu bo`yicha insho yozishlari kerak bo`ladi. Insho kamida 250 ta so`zdan iborat bo`lishi shart.


Insholar 31 oktabrga qadar qabul qilinadi. 


G`oliblar oktabr oyi so`ngida aniqlanadi. Insholar tanlovining 3 nafar g`olibini qimmatbaho sovg`alar kutmoqda. Shoshiling va kuchli 3 talikning biriga aylaning.