Ijtimoiy soha

Itlarni sayr qildirish qoidalari

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 08/07/2011 yildagi 202 sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog`liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi” qaroning 4-ilovasi 12-bandida itlar ochiq joylarda yoki buning uchun maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildiriladi, bu yerlar har doim ozoda saqlanishi kerakligi, bunda itning egasi it qochib ketmasligi yoki odamlar yoki boshqa hayvonlarga hujum qilmasligi choralarini ko`rishi zarurligi ko`rsatilgan/ hamda, it bo`yinbog`iga jeton mahkamlangan holda yetovda olib yurib sayr qildirilishi kerakligi, jetonda kuchukning laqabi, egasining manzili va telefon raqami ko`rsatilishi kerakligi, it ochiq joylarda sayr qildirilganda u tumshuqbog`da va 2 metrgacha uzunlikdagi yetovda, jamoat joylarida 1 metrgacha uzulikdagi yetovda bo`lishi kerakligi, tumshuqbog`siz va yetovsiz faqat maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildirishga ruxsat berilganligi aytilgan. Biroq, uy hayvonlarini sayr qildirish madaniyati xalqimiz orasida tarqalmadi: to`rt oyoqli do`stlarimiz hojatini duch kelgan joyda – ko`p qavatli uylar oynasi ostida, bolalar o`yingohlari va gullar orasida chiqarib ketmoqda, yozda esa ushbu vaziyat yanada kuchayadi. Nima uchun kuchuk egalari oddiy qoidalarga rioya qilmaydi? Ularni qanday qilib tartibga o`rgatish mumkin va jarima miqdorining oshirilishi bu vaziyatni to`g`irlashga yordam beradimi?


+ 20 ball so'rovda ishtirok uchun

1 savol

Uy hayvoningizning - itingiz bormi?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 39
Javoblar taqsimoti:
  • 54% 20 Yo`q
  • 45% 17 Ha

2 savol

Uy hayvoningizni qayerda sayr qildirishni afzal ko'rasiz?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 39
Javoblar taqsimoti:
  • 54% 18 Meni kuchugim yo`q
  • 27% 9 Uy atrofida
  • 15% 5 Itlarni sayr qildirish uchun maxsus belgilangan joylarda
  • 3% 1 Uy yaqinidagi bo'sh joyda

3 savol

Uy hayvoningizni sayr qildirganingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 39
Javoblar taqsimoti:
  • 61% 22 Meni kuchugim yo`q
  • 36% 13 Itlarni sayr qildirish uchun maxsus belgilangan joylar mavjud emas
  • 2% 1 Ko'plab it egalari itlarini bolalar maydonchalarida sayr qildirishadi

4 savol

Itingizni sayr qildirganingizda itingizdan keyin tozalashga tayyormisiz?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 39
Javoblar taqsimoti:
  • 66% 22 Meni kuchugim yo`q
  • 33% 11 Ha, itning egasi uy hayvoniga javobgar bo'lishi kerak

5 savol

Sizningcha, uy hayvonlarini sayr qildirish paytida chiqarindi muammosini hal qilish uchun qanday choralar ko'rish kerak?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 39
Javoblar taqsimoti:
  • 63% 19 Jarimalar miqdorining yuqoriligi it egalarining ongini oshirishga yordam beradi
  • 36% 11 E`tiborni tushuntirish ishlariga qaratish kerak