Ijtimoiy soha

Nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan bekatlar

Agar avtobus bekatlari qulayligi ta'minlanmasa, nogironligi bor shaxslar uchun jamoat transportidan foydalanish qiyin bo`ladi. Avtobus bekatlari ma'lum qoidalarga rioya qilishi va barcha toifadagi nogironligi bor shaxslarning ehtiyojlarini qondirishi kerak.


+ 20 ball so'rovda ishtirok uchun

1 savol

Avtobus bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun qulayligini baholang
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 64
Javoblar taqsimoti:
  • 48% 29 Avtobus bekatlari nogirinligi bor shaxslar uchun mutlaqo moslashtirilmagan
  • 25% 15 Shaharda nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan avtobus bekatlari juda oz
  • 15% 9 Avtobus bekatlari nogironligi bor shaxslar uchun qulay
  • 11% 7 Barcha avtobus bekatlari ham nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilmagan
  • 0% 0
    Foydalanuvchi javobini kiritish

2 savol

Nogironligi bor shaxslar jamoat transporti bekatlarida qanday noqulayliklarga duch kelmoqda?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 64
Javoblar taqsimoti:
  • 24% 29 Avtobuslar bekatdan juda uzoq joyda to'xtashadi
  • 23% 28 Avtobus bekatlarida aholining barcha toifalari uchun transport haqida foydali ma'lumotlarni o`z ichiga olgan axborot tablolari mavjud emas
  • 23% 28 Avtobus bekatlarda taktil (sezish) moslamalari mavjud emas
  • 15% 19 Bekatlarda yaxshi eshitmaydigan yo'lovchilar uchun audio kuzatib borish mavjud emas
  • 9% 11 Javob berishga qiynalaman, chunki bekatlarda nogironligi bor shaxslarni uchratmaganman
  • 3% 4
    Foydalanuvchi javobini kiritish

3 savol

Sizningcha, zamonaviy jamoat transporti bekatlari qanday bo'lishi kerak?
So'rovda ishtirok etgan foydalanuvchilar: 64
Javoblar taqsimoti:
  • 30% 43 Avtobus bekatlarida ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati zaif odamlarni atrof va xavfsiz transport yo'llari to'g'risida xabardor qilish uchun taktil-ovozli mnemonik sxemalar o'rnatilishi kerak
  • 26% 37 Avtobus bekatida transport vositalarining harakatini ko'rsatadigan axborot tablosi bo'lishi kerak
  • 17% 25 Bekatlar yomon ob-havodan himoya qilishi kerak
  • 12% 17 Bekat atrofidagi joy axlat va odamlarning transportga kirishiga xalaqit beradigan boshqa narsalardan xolis bo'lishi kerak
  • 10% 15 Bekatda yo`naltiruvchi taktil (sezish) belgisi bo`lishi kerak
  • 1% 2
    Foydalanuvchi javobini kiritish