“Tushlarning xizmat ko`rsatish belgisi ” ko`rgazmasi.

Zero Line galereyasi sizni 14 iyun – 20 iyul kunlari zamonaviy san`at “Tushlarning xizmat ko`rsatish belgisi” ko`rgazmasiga taklif etadi. Asarlar installyatsiya, video-art, illyustratsiya formatida taqdim etiladi.

Ko`rgazma kuratori: Vyacheslav Axunov.

Ishtirokchilar: Umida Ahmedova va Oleg Karpov, Andrey Kornienko, Timur Mirzahmedov, Anjela Trofimova, Vyacheslav Axunov.

Qanchalik biz yashayotgan haqiqat  tushning  mazmuniga aylanyapti yoki haqiqat uyqu davomidir-mi? 

Tush – tibbiyotda, psixoanalizda, adabiyot va san`at falsafasida  tadqiqot obyektidir. Zamonaviy rassomning asarida tushning o`rni qanday? O`z – o`zini tahlil qilishmi, ijtimoiy so`zlashuvmi, haqiqatdan voz kechishmi, mualliflik uslubmi … ko`p variantlar mavjud…

Ko`rgazma turli tematik tekisliklarda ishlaydigan va ijodiy rejalarni amalga oshirish uchun turli vositalardan foydalanadigan rassomlarni bir maydonda birlashtirdi.

Kirish bepul

Ro`yxatdan o`tish uchun raqamlar: (+998) 71-237-5455, yoki telegram (+998) 90-907-1400, (+998) 90-326-2110.

O`tkazilish joyi:

Zero Line Gallery

H. Olimjon maydoni, 18 qavatli uylarning oldidagi bino, Podium Italia, Chronos (Mirzo Ulug`bek tumani)

Mo`ljal: eski Konservatoriya, kafe Safia

Tel: (+998) 71-237-5455

Manba: afisha.uz