"Navro`z" etnografik bog`i

Toshkentda noyob "Navro'z" etnografik bog'ining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bog'ning o'ziga xosligi shundaki, uning hududida o'zbek xalqining urf-odatlari va madaniyati mujassamlashgan.


Bog'ga tashrif buyurganlar eski uslubda qurilgan va O'zbekistonning har bir viloyatining o'ziga xos xususiyatlarini o'zida mujassam etgan rang-barang uylarni tomosha qilishlari mumkin. Bog'ning markazida Navro'z va boshqa bayramlar munosabati bilan tantanalarni o'tkazish uchun amfiteatr barpo etildi.


Manzil: Toshkent, 31 Shayhontohur ko`chasi