ARAL MARATHON

17-22 oktabr kunlari O`zbekistonda ill bora «ARAL MARATHON» xalqaro ekologik marafoni “Biz kelajak uchun mas`ulmiz” shiori ostida bo`lib o`tadi.

Tadbir O`zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus,Mo`ynoq shaharlarida, Orol dengizi muammolariga bag`ishlangan xalqaro anjuman arafasida o`tkaziladi.

 

Marafonning asosiy maqsadi keng jamoatchilik e`tiborini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “Orolbo`yi hududini innovatsiya va texnologiyalar hududi”, - deb e`lon qilish haqidagi tashabbusga hamda haqiqatdan ham global ko`lamga ega bo`lgan Orol dengizi muammosiga qaratishdan iborat.

 

Bir haftalik marafon dasturi har bir bosqichda 5 kilometrlik masofaga yugurishni, konsert dasturlarini, “Biz kelajak uchun mas`ulmiz” (#RUNFORARAL) ekologik shiorining ostida ta`lim muassasalarida uchrashuv va mitinglar o`tkazishni nazarda tutadi.

 

Marafonning yakuniy qismi 22 oktabr kuni avval Orol bo`yi joylashgan Mo`ynoq shahrida bo`lib o`tadi. Mazkur tadbirni an`anaga aylantirish rejalashtirilmoqda. Tashkilotchilarning fikriga ko`ra, ushbu tashabbus hamjamiyatning hududimizdagi ekologik muammolarga bo`lgan e`tiborini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.