“Qizil dengizning suv osti dunyosi” nomli fotoko`rgazmasi

Xalqaro madaniyat karvonsaroyining kata zalida rossiyalik fotorassom Aleksandr Markevichning Qizil dengizning suv osti dunyosinomli shaxsiy fotoko`rgazmasi ochildi.

Aleksandr Markevichning kasbi sayyoramizning deyarli barcha daryo va dengiz suvlarida yashovchi baliqlar hamda boshqa jonivorlarni o`rganish bilan bog`liq. Hozirgi kunda baliqlarning 32 mingdan ortiq turi ma`lum. Hamma ham ularning xilma-xilligi, suv osti olamining go`zalligini jonli holda ko`ra olmaydi. Aleksandr Markevich o`z fotosuratlari bilan tabiatning  betimsolligiga keng ommaning e`tiborini qaratish orqali bizni ekologik muvozanat haqida mulohaza qilishga, tabiat ne`matlarini saqlash ishiga hissa qo`shishiga undaydi.

Mualiffning fotosuratlari ko`plab nufuzli ko`rgazma qo`yilgan, tanlovlarda yuqori e`tiroflarga sazovor bo`lgan, fotoalbom va bukletlarda chop etilgan.

Toshkentdagi fotoko`rgazmaga mualiffning 70 ta asari muxlislar e`tiboriga taqdim etilgan.

Ko`rgazma 2019 yilning 24 oktabrgacha davom etadi.

 

Ko`rgazma dam olish kunlarisiz 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Manzil: Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Yusuf Xos Hojib ko`chasi, 37A-uy.

Telefon raqamlari: (998-71) 256-35-56, 252-30-88.