"Ipak yo`lida turizm" 25- Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi

"Ipak yo`lida turizm" TXTYa poytaxtimizdagi eng muhim turistik hodisa.


13-15 noyabr kunlari "O`zekspomarkaz"da "Ipak yo`lida turizm" 25- Toshkrnt xalqaro turistik yarmarkasi bo`lib o`tadi.


Mazkur turistik yarmarka 1995 yildan beri BMT umumjahon turistik tashkiloti rasmiy ko`magi bilan o`tkazilmoqda.


Har yili ko`rgazmada O`zbekiston hududlarining turistik salihiyati ko`rkam va yorqin ranglarda namoyish etiladi hamda dunyoning barcha nuqtalaridan turizm biznesining mutaxassislari to`planadi.


O`zbekistonda turizm tobora rivojlanib bormoqda. Turizm sohasida qiziqarli va istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani ko`pchilikka ma`lum.


25- Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi ishtirokchilarini qiziqarli tadbirlar kutmoqda: sharqona bozor, "Ipak yo`lining ta`mi" milliy taomlar festivali, O`zbekiston turistik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shaxrisabz milliy liboslar xalqaro festivalining taqdimi, hunarmandlardan mahorat darslari va ular yasagan buyumlar ko`rgazmasi, O`zbekiston va Rossiyaning birinchi turistik forumi va hokazo.


Turoperatorlar uchun "Turizm sohasidagi innovatsiyalar, "Turizm sohasida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan yengillik va imtiyozlar" hamda "O`zbekistonning rasmiy yil ko`rsatkichi" mobil ilovasining taqdimoti o`tkaziladi.