"Amaliy san`at durdonalari” va “Yapon amaliy san`ati” ko`rgazmalari

2019 yilning 12 noyabr kuni O`zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida II Toshkent Xalqaro Amaliy San`at Biennalesi doirasidagi "Amaliy san`at durdonalari" va "Yapon amaliy san`ati" ko`rgazmalarining ochilishi o`tkazildi.


Amaliy san`at badiiy ijodning eng birinchi rivojlangan turlaridan biri. Asrlar mobaynida u timsollar va belgilar, an`anaviy shakl va naqshlar bilan boyitilib kelgan. Har bir mamlakatning o`zining amaliy san`at uslubi mavjud. XKMS katta ko`rgazmalar zalida ochilgan "Amaliy san`at durdonalari" ko`rgazmasida O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi "Amaliy san`at" sho``basi a`zolarining turli uslubdagi ishlari, O`zbekiston Hunarmandlar uyushmasi a`zosi Anatoliy Babaxanyan, tojikistonlik Mehriniso Nosirova, Rafael Enaliyev kabi ko`plab ijodkorlarining asarlari namoyish etildi.


Kichik ko`rgazmalar zalida joylashgan ko`rgazmada esa yapon amaliy san`atning Yoshiko Sayto (badiiy sirlas va batik), Niiyama Reyko (badiiy sirlash), Yukiko Murakami (Namatda ishlovchi rassom), Masayoshi Ito (badiiy applikatsiya), Ishikava Takako (kulol), Nanko Yamagishi va Arai Yukiko (batik) kabi namoyondalarining san`at asarlari muxlislar e`tiboriga taqdim etildi.


Ko`rgazma soat 9:00dan 18:00gacha 15 noyabrgacha davom etadi.