Rishtonlik kulollar ko`rgazmasi

Joriy yilning 28-29 noyabr kunlari "Yoshlar ijod saroyi" binosida "Rishton - ranglar jilosi" nomli tadbir tashkil etiladi. Unda 22 nafar ustozlar izidan kirib kelayotgan rishtonlik kulollarning ko`rgazmasi bo`lb o`tadi. 


Rishton -Buyuk Ipak yo`lida tashkil topgan, Farg`ona vodiysining eng qadimiy shaharlaridan biri. Qadim zamonlardan Markaziy Osiyodagi eng yirik ajoyib sirlangan sopol buyumlar markazi hisoblanadi.


Agar sizda ham kulolchilik san`atiga qiziqish bo`lsa, u holda 28 noyabr kuni soat 15:00da ko`rgazmaning ochilish marosimiga tashrif buyuring.