AgroWorld Uzbekistan 2020

2020 yil 11 martdan 13 martgacha "O'zEkspomarkaz" da 15-Xalqaro qishloq xo'jaligi ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.


AgroWorld Uzbekistan O`zbekiston agrosanoat majmuasining rivojlanishi uchun muhim, xalqaro ko`lamga ega bo`lgan tadbirdir.


Ko`rgazmaning asosiy vazifasi qishloq xo`jaligi sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga mahsulot, qayta ishlash uskunlari, qishloq xo`jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari, hamda tutash sohalar mutaxassislari va davlat tashkilotlari vakillari bilan muloqot qilish uchun qulay maydoni barpo etishdan iborat.


Ko`rgazma xorijiy ishlab chiqaruvchilarga O`zbekistonning yangi va jadal rivojlanayotgan bozoriga chiqishda ko`mak berib, xalqaro darajasidagi samarali biznes tadbir maqomiga ega.