«Rassom va tabiat» ko`rgazmasida ishtirok eting

Joriy yilda O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi tomonidan "Rassom va tabiat" XXXIV ko`rgazmasini o`tkazish rejalashtirilgan. Ushbu ko`rgazma tabiatning go`zalligi, boyligi va qudratini ko`rsatishga, mussavvirning u bilan uyg`unligini aks ettirishga qaratilgan. O`zbekiston rassomlari ijodiy uyushmasiga a`zo bo`lgan rassomlar o`zlarining 2018-2019 yillarda yaratilgan asarlari bilan ushbu nufuzli namoyishda ishtirok etishlari mumkin.

"Rassom va tabiat" ko`rgazmasi uchun ijodiy ishlar 2020 yilning 6-10 yanvar kunlari (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) soat 10:00dan 17:00gacha Badiiy akademiyada qabul qilinadi.

Ma`lumot uchun telefon: (71) 256-51-46.