«Bilmasvoy oyda» bolalar suratli ko`rgazmasi

 2020 yil 10 yanvar kuni 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining «Bilmasvoy oyda» ko`rgazmasi ochiladi. Bu Bonum Factum galereyasi, Shveytsariyaning O`zbekistondagi elchixonasi huzurida faoliyat yurituvchi Shveytsariya hamkorlik byurosi ko`magida tashkil etilgan «San`at fabrikasi» ijodiy laboratoriyasi faoliyatining samarasidir.

 Ta`qidlash joiz, bolalar mazkur ijodiy laboratoriyada bolalar ikki yil davomida o`ziga xos tajriba orttirdilar. San`at nazariyasini, tasviriy san`atning turli texnikalarini o`rganib, o`zlarining shaxsiy ijodiy ishlarini yaratdilar. Ko`rgazmada ustozlar Yoqub Beknazarov va Jahongir Boboqulov boshchiligida Nikolay Nosovning «Bilmasvoy oyda» ertagi asosida yaratilgan grafik asarlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ochilish marosimi 10 yanvar kuni soat 11:00 da Bonum Factum galereyasida bo`lib o`tadi. Korgazma 2 fevralgacha davom etadi.

Kirish erkin.

Manzil: Yashnobod tumani, Sodiq Azimov 3-berk ko`chasi. 20-uy.

Mo`ljal: Yaponiya elchixonasi.

Ma`lumot uchun telefon: (71) 232-03-60.