«Ajoyib matematika» festivali

15-17 yanvar kunlari Inxa universitetida maktab, litsey va kollej o`quvchilari uchun  «Ajoyib matematika» festivali bo`lib o`tadi. Uning maqsadi matematika mo`jizalarini ko`rsatish, u judayam qiziqarli fan ekanligini, uni o`rganish va bolalarga o`rgatishni qiziqarli va quvnoq ravishda tashkil qilish mumkinligini namoyish qilishdan iborat.  


Festivalda 20 ta turli matematik stendlar taqdim etiladi. Janubiy Koreyaning 20 dan ortiq matematika professorlari ushbu festivalda ishtirok etish uchun Toshkentdagi Inxa universitetiga tashrif buyuradilar.


Uch kun davomida koreyalik mehmonlar o`z bilimlari bilan bo`lishib, turli matematik topishmoq va boshqotirmalar tuzishadi. Festival doirasida o`quvchilar uchun tanlovlar hamda Janubiy Koreyaning matematika sohasidagi professorlarning ma`ruzalari tashkil qilinadi.


Festival 15 yanvar kuni 13:00 da boshlanadi. Barcha xohlovchilar uchun kirish erkin.