Toshkent fotosuratchilarning ko`rgazmasi

Toshkent fotografiya uyi barcha fotosan`ati ixlosmandlarini zamonaviy fotografiya san`atiga bag`ishlangan yillik hisobot ko`rgazmasiga taklif qiladi.

Ko`rgazmada ham professional, ham havaskor fotoustalarning 300 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etilib, ular qatoridan turli fotosuratchilar tomonidan xar xil yo`nalishlarda olingan zamonaviy suratlar o`rin olgan. Ularning orasida portret, peyzaj, strir-foto, natyurmort, panorama va boshqalar mavjud.

Ochilish marosimi 14 yanvar kuni soat 18:00 da Toshkent fotografiyalar uyida bo`lib o`tadi. Fotoko`rgazma 21 yanvar kunigacha davom etadi.