"Farhod va Shirin"ning ingliz tilidagi nashr taqdimoti

17 yanvar kuni soat 15:00da Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasida hazrat Navoiy qalamiga mansub “Farhod va Shirin” asarining ingliz tilida nashr qilingan kitobi taqdimoti bo`lib o`tadi. Kitob “Wondernet express” kompaniyasi tomonidan tayorlandi.

 Bu “Farhod va Shirin” asarining ingliz tilidagi ilk tarjimasidir. Endilikda xorijilik mushtariylar ham ushbu asarni o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Nashr ustida ishlaganlar: Mayya Dzirkvelishvili, Edvard Rtveladze, Ibrohim Haqqul, A`zam Obidov, Mark Riz, Niyozali Xolmatov, Shorasul Shoahmedov, Sofiya Kintsurashvili, Shahnoza Karimbabayeva.

Tadbirga kirish erkin.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 1-uy.

Ma`lumot uchun telefon: +998 71 232 03 60.