«Eng ulug`, eng aziz» fotoko`rgazmasi

22 avgust kuni soat 11.00da Fotosuratlar uyida «Eng Ulug`, Eng Aziz» fotosuratlar ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Ko'rgazma O'zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlangan. Fotoko'rgazma mavzusi - O'zbekiston mustaqillik yillaridagi o`zgarishlar.


Ko'rgazmada professional fotograflar va havaskorlarning fotosurat ishlari namoyish etiladi. Har bir ishtirokchining ishi - bu odamlar hayotiga individual qarash, madaniy meros va mustaqillikning 28 yili davomida O'zbekistonda ro'y bergan o'zgarishlar.


Kirish bepul.


O`tkazilish joyi: Fotosurat uyi.


Vaqti: dushanbadan tashqari, har kuni soat 10:00dan 18:00gacha.


Ko`rgazma 22 avgustdan 2 sentabrgacha davom etadi.