“Я бегу” ayollar xayriya marafoni

Mazkur marafonni tashkil etishdan maqsad aholi o`rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish, yosh avlod o`rtasida jismoniy tarbiya va sportga bo`lgan qiziqishni orttirishdan iborat.

Marafondan tushgan xayriya mablag`lar saratonga chalingan, nogiron bolalar operatsiyasi, dori-darmoni va davolanishiga yo`naltirilgan.

Tadbir Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti, "Ezgu amal" jamoat fondi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida 2020 yil 14 mart kuni soat 9:00 dan 13:00 ga qadar o`tkaziladi.

O`tkazilish joyi: Yunusobod tumani, Anhor bo`yi va Minor 1-tor ko`chalarida va Anhor kanali bo`ylab.

Agar siz sog`lom turmush tarzi tarafdori bo`lsangiz va bu orqali xayriya qilishni xohlasangiz ro`yxatdan o`ting xamda marafonda ishtirok eting.

Murojaat uchun telefon: 78 140 00 11.