Sogdiana art-markazi

30 avgust kuni Toshkentda “Sogdiana” tasviriy va amaliy san`at markazining ochilish marosimi rejalashtirilgan.


Markazda 23ta ustaxonalar, ko`rgazma zallari, badiiy galereya va ijodiy studiya mavjud. Bu yerda o`zbek xalqining turli xil milliy buyumlari namoyish etiladi. Shuningdek, san`at markazida taniqli hunarmand va rassomlar tomonidan mahorat darslari o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.



Bundan tashqari, san`at markazida foto zonalar, va shuningdek, o`zbek milliy taomlari namoyish etiladigan food-kortlari ham ochiladi.


Ochilish marosimiga kirish bepul

Manzil: Farhod ko`chasi, 31.

Mo`ljal: Uchtepa Outlet Centre

Ma`lumot uchun telefon: (+998) 93-376-03-40.