«Bahor nafasi» ko`rgazmasi

4 mart kuni soat 16:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san`ati muzeyida O`zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiyijodkorlar uyushmasi a`zosi, rassom Musavvar O`lmasovaning «Bahor nafasi» shaxsiy ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tadi.


Ko`rgazmada ijodkorning tabiatdan ilhomlanib yaratilgan 40 dan ortiq asarlar namoyish etiladi.


Ko`rgazma 15 martga qadar davom etadi.


Ma`lumot uchun telefon: (71) 256–28–32.