«Eski hovli» ko`rgazmasi

10 mart kuni “Human House” madaniyat markazida toshkentlik mashhur rassom Dilorom Mamedovaning «Eski hovli» nomli ko`rgazmasi ochiladi. Ko`rgazma 20 aprelga qadar davom etadi. Kirish bepul.  

Shuningdek, 14 mart kuni soat 11:00 dan 19:00 ga qadar rassom bilan shaxsan uchrashib, muloqot qilishingiz mumkin.

Shu kuni soat 14:00 dan 16:00 ga qadar esa Mamedova tasviriy san`at bo`yicha mahorat darslarini o`tkazadi.

Manzil: “Human House”, Kichik Mirobod (Ivleva) ko`chasi, 43-uy.

Telefon: (+998) 90-980-79-47.

Ma`lumot o`rnida:

Mamedovaning ishlari O`zbekistonning tabiati, o`ziga xos tarixiy va me`moriy obidalariga bag`ishlangan. Iqtidorli rassomning asarlari O`zbekiston davlat tarix muzeyi, Moskvaning "Nikor" muzeyi, Germaniya, Shveytsariya, Angliya, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Avstraliya va Isroil davlatlarining shaxsiy to`plamlarida saqlanadi.