Tsviriy san`at onlayn festivali

O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy ko`rgazmalar direksiyasi talaba va o`quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari o`rtasida o`tkazilayotgan Birinchi tasviriy va amaliy san`at onlayn festivalda ishtirok etishga taklif etadi.

Festival quyidagi nominatsiyalar bo`yicha o`tkaziladi:

• Tasviriy san`at – bosma tasviriy san`at, grafika, monumental tasviriy san`at, teatr dekoratsiyasi, kompyuter grafikasi, haykaltaroshlik;

• Zamonaviy dekorativ-amaliy san`at ;

• Zamonaviyamaliy san`at;

• Fotografiya;

• Kontemporari art;

• Dizayn (arxitektura, me`morchilik, kostyum va boshqalar);

• San`atshunoslik;

Festivalga ixtisoslashtirilgan oliy va o`rta-maxsus badiiy ta`lim muassasalarining talaba va o`quvchilari,tasviriy va amaliy san`at yo`nalishi mavjud va oliy ta`lim muassasalarining talabalari ishtirok etishi mumkin. Festivalda ishtirok etish bepul.

Xohlovchilar ishtirok uchun 2020 yilning 1 iyunga qadar ariza bilan murojaat qilish va o`z ishlarini taqdim qilish lozim.

Tafsilotlat va aloqa uchun ma`lumotlar bilan quyidagi sahifa orqali tanishing.