Hukumat tomonidan amalga oshirildi

So'rov

So'rov 01/07/2019 16:54 dan 30/12/2019 00:00 gacha o'tkazilgan

Avtotuargoh: shaharda moshinani qayerga qo`yish mumkin?Toshkentda avtomobillar soni jadal o'sishi ko`zga tashlanadi va avtomobillar soni qancha ko`p bo`lsa, shuncha avtoturargohlar kam. Bugungi kunda deyarli har bir avtomobil egasi va piyodaga avtoturargoh muammosi bilan duch kelmoqda. Buning oqibatlari hammaga ma'lum - ko'plab tirbandlik soatlari, chiqindi gazlar havoni ifloslantirishi.

Jami qatnashganlar: 137

Natijalar


Toshkentdagi respondentlarning yarmidan ko'pi xususiy avtomobillarni turar-joy binosi yonida to'xtashni afzal ko'rishadi (57%). Shu bilan birga, respondentlarning 29% uy yaqinidagi ixtisoslashgan pullik avtoturargohlardan foydalanadilar. Respondentlarning kam foizi “yo`lda” javob variantini tanladilar (1%). Respondentlarning 13% turli xil javob variantlarini tanlagan: "bog'dagi mashinalar uchun joy", "turar-joy binosi hovlisidagi qurilgan avtoturargohii" va boshqalar.

Avtomashinalarni turar-joy hovlilarga qo`yish avtomobil egalari uchun ham, ko'p qavatliuy aholisi uchun ham muayyan qiyinchiliklarni tug'diradi. Buni respondentlarning 27% ta'kidlagan. Respondentlarning 46% har doim ham o'zlarining mashinalarini parkovka qila olmaydilar, chunki ko'p qavatli uylarning hovlisida joy yetarli emas. Har beshinchi respondent avtomashinani parkovka qilish muammosiga duch kelmaydi, chunki tashabbuskorlar barcha mashinalar uchun avtoturargohlar tashkil qilishgan (21%).

Qarorlar

Toshkent shahar Hokimi shahar tumanlari hokimlariga fuqarolarning fikrini hisobga olishni va ish rejasiga xususiy avtoturargohlarning holatini o'rganishni kiritishni topshirdi.