Hukumat tomonidan amalga oshirildi

So'rov

So'rov 17/06/2019 00:02 dan 31/08/2019 00:00 gacha o'tkazilgan

Yozgi davrida sog’lomlashtirish maydonchalari va to’garaklarYozgi davrida deyarli xamma maktablarada o’yingohlari tashkil etilgan. Unda 7-14 yoshgacha bo’lgan maktab o’quvchilari 8.00-12.00 gacha o’zlari uchun qiziqarli bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Boshqa sog’lomlashtirish maydonchalari bo’lmagan shaharlarda Prezident tomonidan taklif qilingan besh tashabuslar asosida to’garaklar ishlamoqda. Shunday qilib park, attraksiyon, basseynlardan tashqari shahar tomonidan kichkintoylar uchun tayyorlangan dasturlar ham bolalarni yozni mazmunli o’tqazishga yordam beradilar.

Jami qatnashganlar: 280

Natijalar


Shahar aholisining so'zlariga ko'ra, bolalar uchun o'rta maktablarda eng qiziqarli yozgi to`garaklar quyidagilar:  ingliz tili (20%), rassomchilik (15%), raqs (15%), tennis (12%), shaxmat (11%), qo'l san'atlari (10%). ), gimnastika (10%). Shaharliklar dasturlash, aqliy arifmetika va zamonaviy san'at to`garaklarni bolalar uchun zarur deb hisoblaydilar.

Qarorlar

Shahar Hokimi tuman hokimiyatlariga maktab o'quvchilari va o'smirlarning bo'sh vaqtlarini yoshlar va o'smirlarning zamonaviy qiziqishlari (aqliy arifmetika, dasturlash, robototexnika) asosida o'rganishni, shuningdek ota-onalar va bolalarga umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan to'garaklar to'g'risida ma'lumot berishni topshirdi.