Hukumat tomonidan amalga oshirildi

So'rov

So'rov 22/07/2019 08:47 dan 02/09/2019 00:00 gacha o'tkazilgan

Quruq daraxtlarni kesishShaharda daraxt kesish masalasi ko'pchilikni befarq qoldirmaydi. Va tasodif emaski, quruq daraxtlar har doim ham kesilmaydi. Ekologik harakatlar faollari va ekologik ahvolga befarq bo'lmagan shaharliklar sog'lom daraxtlarni kesilishini qo`llab-quvvatlamaydi.

Jami qatnashganlar: 119

Natijalar


Shahar aholisining aksariyat qismi quruq daraxtlar odamlarga zarar yetkazmasligi uchun ularni kesish kerak deb hisoblaydi. Shu bilan birga, har beshinchi shahar aholisi quruq daraxtlarni kesish shaharning ekologik tizimini buzadi va ularni qoldirish kerak deb hisoblashadi. 2018 yilda shahar hokimligi fuqarolarga sog'lom daraxtlarni kesishga qarshi chora ko'rish bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqdi va tarqatdi. So'rovda qatnashgan fuqarolarning aksariyat qismi ushbu ko'rsatma bilan tanish emas va shunga mos ravishda shaharda sog'lom daraxtlarni kesish holatlariga e`tibor bermaydilar. Respondentlarning atigi 13% ushbu ko'rsatma bilan yaxshi tanish.

Qarorlar

Toshkent shahar Hokimi tuman hokimlariga ushbu masala bo'yicha shahar aholisining fikrini qabul qilishni va uni ish rejasiga kiritishni topshirdi.